Kaliforniyalik kolleksiyachiga tegishli bo‘lgan mayya xalqining yettita qadimiy artefakti 22-iyul, juma kuni Gvatemalaga qaytarildi. Ular bir necha o‘n yillar ilgari Markaziy Amerikadan o‘g‘irlab ketilgan edi. Bu haqda The Los Angeles Times ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
Artefaktlar mayya iyerogliflari o‘yib tushirilgan to‘rtta katta va uchta uncha katta bo‘lmagan ohaktosh bo‘lagidir.
“Bu fragmentlarning yoshi 1000 yildan ortiq. Ular Gvatemala xalqi uchun madaniy ahamiyatga ega, ular bebahodir”, — dedi Federal qidiruv byurosi direktorining yordamchisi Deydra Fike. Federal rasmiylar artefaktlar 1970-yillarda kolleksiyachi tomonidan sotib olinganligini ma’lum qildi. Biroq u fragmentlar o‘g‘irlanganligidan xabardor bo‘lmagan.
Kolleksiyachi shu yilning boshida vafot etgandan keyin uning merosi boshqaruvchisi artefaktlar qayerdan keltirilganligi yoki ularning AQShga olib kirilish sanasini aniqlay olmasdan, FQB bilan bog‘langan.
Izoh (0)