Tailand valiahd shahzodasi Maxa Vachiralongkorn Myunxen aeroportiga yengsiz kalta ko‘ylak (mayka)da, qo‘lida oq pudelni ushlagan holda tashrif buyurdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
63 yoshli taxt vorisi Boeing 737 trapidan jinsi shim va maykada, tanasidagi tatuirovkalarni namoyish qilgan holda pastga tushdi. Valiahd shahzodaga o‘zi singari tor jinsi va yengsiz ko‘ylakda kelgan turmush o‘rtog‘i hamda 30 nafar soqchi hamrohlik qildi.
Qayd etilishicha, Maxa Vachiralongkorn Bavariyadagi Shtarnberg ko‘lida hisob bo‘yicha uchinchi turmush o‘rtog‘iga villa xarid qilgan.
Tailand valiahd shahzodasi muhtasham hayot tarzini olib borgani va uning sarf-xarajatlari mamlakat g‘aznasidan to‘lanishi sabab u o‘z yurtida shuhrat qozonmagan.
Izoh (0)