Argentinalik mashhur futbolchi va murabbiy Diyego Maradona Argentina terma jamoasini boshqarishga yana bir bor tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “Sports.ru” xabar berdi.
“Ko‘pchilik meni qimmatbaho murabbiy deb o‘ylaydi. Muorinyo, Anchelotti, Simeone unday emasmi? Men ularning fonida qanchalik qimmat ekanimga aqlim yetmaydi”.
“Men murabbiylik faoliyatini qo‘msamoqdaman. Futbolchilar bilan ishlashni, jurnalistlar bilan mojarolarni sog‘inmoqdaman”, — deb fikriga yakun yasadi Maradona.
Izoh (0)