“Barselona” klubi yarim himoyachisi Aleksandr Song faoliyatini Qozonning “Rubin” klubida davom ettiradi. Bu haqda “Sports.ru” nashri “Rubin” klubining Twitter’dagi sahifasiga asoslanib xabar berdi.
Aleksandr Song huquqiy jihatdan “Barselona”ga tegishli bo‘lsada, so‘nggi ikki mavsumni Angliyaning “Vest Hem” klubi safida o‘tkazgandi. U o‘z vaqida Londonning boshqa bir klubi “Arsenal” sharafini ham himoya qilgan.
Avvalroq Aleksandr Song “Rubin” uchun tekinga tushishi mumkinligi xabar qilingandi.
Izoh (0)