“Afrosiyob” tezyurar poyezdining reyslari (Toshkent—Samarqand—Toshkent) 2—4, 9—11 va 15—17-avgust kunlari texnik sabablarga ko‘ra bekor qilinadi. Bu kunlarda poyezd “Registon” tezyurar poyezdi bilan almashtiriladi. Bu haqda “Toshkent” vokzali ma’lumotlar berish xizmati ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Poyezd Toshkentdan 8:00 da jo‘nab ketib, Samarqandga 10:45 da yetib boradi. U Samarqandni 17:00 da tark etib, Toshkentga 19:45 da qaytib keladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan kunlarda “Afrosiyob” reyslariga chipta xarid qilishni istagan yo‘lovchilar poyezdlarning almashtirilishi haqida xabardor etiladi.
Izoh (0)