Turkiya hukumati AQShga rasmiy so‘rov yo‘llab, unda davlat to‘ntarishini tashkillashtirishda ayblanayotgan muxolif siyosatchi Fathulloh Gulenni ekstraditsiya qilish talabini izhor etdi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Binoli Yildirim bayonot berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.
“Biz AQShga asosiy terrorchini ekstraditsiya qilish talabi bilan to‘rt hujjat paketini yo‘lladik”, — dedi hukumat boshlig‘i 19-iyul kuni parlamentda qilgan chiqishida.
“Biz ularga qancha isbot kerak bo‘lsa, shuncha taqdim etamiz”, — qo‘shimcha qildi siyosatchi.
Ilgariroq Turkiya rasmiylari Gulenni to‘ntarishning asosiy tashkilotchisi sifatida ko‘rsatib, AQShdan uni topshirishni so‘ragan edi. Bunga javoban AQSh davlat kotibi Jon Kerri Gulenning bu ishlarga aloqadorligini isbotlaydigan dalillarni taqdim etishni so‘radi. Gulenning o‘zi ayblovlarni inkor qilmoqda.
Izoh (0)