Meksikalik mutaxassislar oxirgi hafta ichida mamlakatda Zika virusini yuqtirib olish bilan bog‘liq 141 ta yangi holatni aniqladi. Bu haqda 18-iyul, dushanba kuni mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, 2015-yilning dekabridan buyon jami 927 kishi virus bilan kasallangan. Og‘ir asoratlar yoki o‘lim holatlari haqida ma’lum qilinmagan. Virusga eng ko‘p chalinganlar Chyapas (352 nafar) va Gerrero (225 nafar) shtatlarida istiqomat qilmoqda.
Zika bezgagi 417 nafar meksikalik homilador ayolda qayd etilgan. Ulardan bir qismi hozirgi paytga qadar farzandini dunyoga keltirgan bo‘lib, ularda kasallik keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan holatlar aniqlanmagan.
Izoh (0)