Braziliya Prezidenti vazifasini boshqaruvchi Mishel Temer sayyohlar va sportchilarga murojaat qilib, Rio-de-Janeyro mezbonlik qiladigan avgust oyidagi yozgi Olimpiada o‘yinlari vaqtidagi xavfsizlikdan xavotir olmasliklarini qayd etdi.
TASS xabariga ko‘ra, Braziliya Prezidenti lavozimini vaqtinchalik egallab turgan Mishel Temerning videomurojaati Janubiy Amerika mamlakatlari hukumatining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida dushanba kuni e’lon qilingan.
“Men braziliyaliklar va xorijliklar, sporchilar va sayyohlarga yana bir bor murojaat qilmoqchiman: Rio-de-Janeyroga tashrif buyuring. Bu yerda siz xavfsizlik chora-tadbirlari sezilarli ravishda kuchaytirilganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Siz o‘zingizni xotirjam his qilib, Rio-de-Janeyroning mehmonnavozligidan, go‘zal tabiatidan rohatlanishingiz mumkin”, — dedi Mishel Temer.
Avvalroq O Globo telekanali terrorchilik tashkilotlari bilan aloqador ekani gumon qilinayotgan 4 nafar shaxsning Olimpiada o‘yinlariga tashrif buyurish uchun harakat qilayotgani haqida aytib o‘tgandi. Undagi ma’lumotda keltirilishicha, Olimpiada o‘yinlari uchun akkredetatsiya olish istagini bildirgan 460 ming kishidan 40 tasi o‘z mamlakati maxsus xizmatlarining “xavotirli ro‘yxat”iga kiritilgan.
Qayd etib o‘tilgan gumondagi 4 nafar shaxsning ismi va ularga qo‘yilayotgan ayblov sir saqlanayotgani yo‘q. Ularga Olimpiada akkreditatsiyasi berilmadi hamda hatti-harakati alohida nazoratga olindi.
O‘tgan juma kuni Braziliya Mudofaa Vaziri Raul Jungmann Nitssadagi teraktdan keyin Janubiy Amerikadagi yirik mamlakatda Olimpiada o‘yinlari vaqtida xavfsizlik choralari yanada kuchaytirilganini aytib o‘tgandi.
XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlari 5—21-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu Janubiy Amerika mamlakatida tashkil etilayotgan birinchi Olimpiadadir. Paraolimpiya o‘yinlari esa 7—18-sentabr kunlari o‘tkaziladi.
Izoh (0)