Red Wings aviakompaniyasiga tegishli Tu-204 yo‘lovchi samolyoti Rossiyaning Tyumen shahri aeroportiga muvaffaqiyat bilan qo‘ndi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Muqaddam Tyumendan Sochiga yo‘l olgan samolyotning dvigateli ishdan chiqqani ma’lum qilingan edi. Samolyot kapitani nosozlikni aniqlab, Tyumen aeroportiga qaytishga qaror qildi va bir muddat aeroport ustida aylanib, yoqilg‘ini sarfladi.
Shundan so‘ng samolyot muvaffaqiyat bilan qo‘ndirildi.
Izoh (0)