Turkiya armiyasi mamlakatda hukumatni qo‘lga olganini ma’lum qildi. Bu haqda, Agence France-Presse agentligiga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, harbiylar bayonoti mahalliy televideniye orqali o‘qib eshittirilgan.
Avvalroq Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim harbiylar isyon ko‘tarishga uringani haqida bayonot bergan edi.
Mahalliy NTV telekanali xabariga ko‘ra, Istanbulning Bosfor bo‘g‘ozi ustidan o‘tgan ko‘priklari va Otaturk nomli aeroportiga tanklar kiritilgan. Aeroportdagi barcha reyslar bekor qilingan, deya xabar bermoqda Sky News.
Xabar to‘ldirilmoqda.
Izoh (0)