Fransiyaning Nitssa shahrida 14-iyul, payshanba kuni kechqurun uyushtirilgan hujumda halok bo‘lganlar orasida 10 nafar yosh bola va o‘smirlar bo‘lgan. Bu haqda Parij prokurori Fransua Molens so‘zlariga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Avvalroq 202 kishi yaralangani, shulardan 50 nafari og‘ir ahvolda ekani haqida xabar berilgandi. Terakt oqibatida 84 kishi halok bo‘ldi.
Fransiya prezidenti Fransua Olland bo‘lib o‘tgan mudhish hodisani terrorchilar hujumi deb atadi.
Izoh (0)