Demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga nomzod Hillari Klinton harbiy to‘ntarishga urinishga duch kelgan va qonuniy ravishda saylangan Turkiya hukumatini qo‘llab quvvatlash zarur ekanini aytdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Men Turkiyada avj olayotgan voqealarni katta tashvish bilan kuzatib boryapman. Biz hammamiz tinchlikka hamda qonun, muassasa, inson huquqlari va fuqarolik erkinliklarini hurmat qilishga chaqirishimiz lozim. Shuningdek, demokratik ravishda saylangan hukumatni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Barcha tomonlar zo‘ravonlik va qon to‘kilishining oldini olish yo‘lini topishi kerak, amerikalik fuqarolar va diplomatik missiyalarning xavfsizligi ta’minlanishi lozim”, – deyb yozdi Klinton Twitter’dagi sahifasiga.Avvalroq AQSh prezidenti Barak Obama hamda mamlakat bosh kotibi Jon Kerri Turkiya hukumatini qo‘llab-quvvatlashini bildirgandi.
Izoh (0)