30-iyun kuni O‘zbekiston hukumati Toshkent shahar ichki ishlar Bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi qoshidagi ixtisoslashtirilgan montaj qilish va foydalanish boshqarmasi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda “Gazeta.uz” ma’lumot bermoqda.
Hujjatda ta’kidlanishicha, qaror poytaxtda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlovchi svetofor obyektlari, yo‘l belgilari o‘rnatish va ularga xizmat ko‘rsatish hamda yo‘l chiziqlari o‘tkazish ishlari samaradorligini oshirish maqsadida qabul qilingan.
Hujjatda, shuningdek, 1-iyuldan boshlab ixtisoslashtirilgan montaj qilish va foydalanish boshqarmasining maxsus yoki harbiy unvonlarga ega bo‘lmagan xodimlari mehnatiga haq to‘lash tarif setkasini amalga kiritish ko‘zda tutilgan. Unga ko‘ra, xodimlarning lavozim maoshlariga 20 foizgacha miqdorda har oylik shaxsiy ustama joriy etiladi.
Izoh (0)