Qozog‘istonning Kokshetau shahrida bo‘lib o‘tgan to‘yda mushtlashuv vaqtida yigit pichoqlab ketildi. Bu haqda Kazakhstan Today xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Kokshetau Ichki ishlar boshqarmasiga 10-iyul, yakshanba kuni Oqmola viloyati tez yordam stansiyasi feldsheridan noma’lum shaxsning pichoq zarbalaridan halok bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi. Politsiya xodimlari yigitning shaxsini aniqladi. U Qo‘stanay viloyati Chelgashi qishlog‘ining 20 yoshli fuqarosi bo‘lgan.
“Halok bo‘lgan yigit Kokshetauga tanishining oldiga kelgan va u bilan to‘yga borgan. Aynan o‘sha marosimda mushtlashuv sodir bo‘ldi va buning natijasida yigit hayotdan ko‘z yumdi”, – deya ma’lum qildi politsiya xizmati.
Shuningdek, tezkor-qidiruv ishlari davomida bo‘lib o‘tgan voqeada gumon qilingan va uni amalga oshirganligini tan olgan 1991-yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro shu kunning o‘zida politsiyachilar tomonidan qo‘lga olindi.
Izoh (0)