Futbol bo‘yicha Yevro–2016 turniri finalida Portugaliya terma jamoasi Fransiya futbolchilarini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, o‘z tarixida ilk bor Yevropa chempioniga aylandi.
Portugaliya termasi o‘yinning 24-daqiqasidan boshlab jamoa yetakchisi Krishtianu Ronaldusiz qoldi. Hujumchi fransiyaliklar yarim himoyachisi Dimitri Payet bilan to‘qnashish oqibatida tizzasini shikastladi.
Zaxiraga olinganiga qaramay, Ronaldu murabbiy bilan birgalikda jamoaga ko‘rsatmalar berib turdi. “Sports.ru” 31 yoshli futbolchining murabbiylik qilayotgan suratlarini jamladi.Goldan keyingi fotosuratlar
Izoh (0)