AQShning Nyu-York shtatidagi Rochester shahrida 8-iyul, juma kuni bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishida huquq-tartibot xodimlari tomonidan aksiyaning 74 ishtirokchisi qo‘lga olindi. Bu haqda shahar politsiyasi boshlig‘i Maykl Siminelli ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Norozilik namoyishlari huquq-tartibot xodimlarining qora tanlilarga nisbatan zo‘ravoliklariga qarshi bilan o‘tkazildi. Aksiyada 400 ga yaqin kishi ishtirok etdi.
Xato tufayli politsiyachilar tomonidan ikki nafar jurnalist qo‘lga olindi. Namoyish vaqtida maxsus vositalar ishlatilmagani uchun hech kim jabrlanmadi.
AQShning bir necha shaharlarida 8-iyul kuni kechki payt politsiya zo‘ravonligiga qarshi ommaviy noroziliklar bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, shu haftada politsiyachilar Minnesota shtatidagi Folkon-Xayts, Luiziana shtatining Baton-Ruj shaharlarida afroamerikalik erkaklarni otib tashladi. Texas shatining Dallas shahrida esa ushbu voqealarga nozorilik sifatida besh politsiya xodimi otib o‘ldirildi, yana yetti nafari yaralandi. Yuqoridagi voqealar qora tanlilarning noroziligiga sabab bo‘ldi.
Yaqin bir kun ichida AQShda o‘nlab yangi namoyishlar o‘tkazilishi kutilmoqda.
Izoh (0)