Braziliya futboli afsonasi Pele uchinchi marta uylandi. Bu haqda, UOL portaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
75 yoshli Pele kelib chiqishi yaponiyalik bo‘lgan braziliyalik tadbirkor, 50 yoshli Marsiya Sibeli Aokiga uylandi. Tantanali marosim San-Paulu shtati sohilidagi Guaruja aholi punktida bo‘lib o‘tdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, marosimga 120 nafarga yaqin kishi, juftlikning qarindoshlari va do‘stlari taklif etildi.
To‘y anchagina dabdabali o‘tdi. Marosim tashkilotchilari shahzoda Uilyam va Kembrij gersoginyasi Keytning to‘yini namuna qilib oldi.
Pele uchun bu uchinchi, Aoki uchun esa ikkinchi nikoh bo‘ldi. Afsonaviy sportchi 1966–1982-yillarda Rozmari dus Reys Sholbi bilan, 1994–2008-yillarda Assiriya Lemus Seyshas bilan turmush kechirgan.
Izoh (0)