Fransiyada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha Yevropa chempionati UEFA g‘aznasiga 1,93 milliard yevro olib keldi. Bu haqda tashkilotning aloqalar bo‘limi boshlig‘i Pedro Pintu ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Qayd etilishicha, Yevro–2016 turnirining daromadi Polsha va Ukrainada bo‘lib o‘tgan Yevro–2012 musobaqasidan 34 foizga ko‘proq bo‘ldi.
UEFA Yevro–2016 turnirini o‘tkazish uchun 650 million yevro sarfladi. Ushbu musobaqada ishtirok etgan terma jamoalar uchun jami 301 million yevro mukofot puli ajratilgan. Yevropa chempionatiga o‘z futbolchilarini yuborgan klublar uchun 150 million yevro tarqatiladi. Sof foyda esa 830 million yevroni tashkil qildi.
Qayd etish kerakki, UEFA Yevropaning 55 ta futbol federatsiyasiga loyihalarni amalga oshirish uchun 600 million yevro ajratishni rejalashtirgan.
Izoh (0)