Tayvanning Taychjun shahrida sport kurashlari bo‘yicha start olgan Osiyo chempionatining birinchi kunida yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining ikki nafar a’zosi sovrindorlar safidan o‘rin egalladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Xususan, Elbek Ergashev -46 kg kilogramm vazn toifasida finalga qadar kechgan bellashuvlarda Qozog‘iston, Hindiston va Qirg‘iziston sportchilarini mag‘lub etib, hal qiluvchi bahsda eronlik polvonga imkoniyatni boy berdi va kumush medal sohibi bo‘ldi.
-42 kilogramm vazndagi sportchilar bahsida ishtirok etgan yana bir o‘zbekistonlik sportchi Ixtiyor Botirov chorak finalda Qozog‘iston vakilidan ustun kelib, yarim finalda hindistonlik Roxan Prokashga imkoniyatni boy berdi. Bronza medali uchun kechgan bahsda esa Botirov Janubiy Koreya terma jamoasi a’zosini mag‘lub etdi.
Izoh (0)