AQShning Dallas shahrida bo‘lib o‘tgan otishmadan so‘ng hibsga olingan gumonlanuvchilardan biri shahar ichida bombalar joylashtirilganini ma’lum qildi. Bu haqda CNN telekanaliga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Gumonlanuvchi, shuningdek, yanada ko‘proq politsiya xodimi jabrlanishini aytdi.
Avvalroq Dallas shahrida qora tanlilarni o‘ldirishga qarshi o‘tkazilgan namoyishlarda to‘rt nafar politsiya xodimi halok bo‘lgani, 7 nafari yaralangani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 6-iyul kuni AQShning Minnesota shtatidagi Folkon-Xayts shahrida politsiyachi qora tanli erkakning mashinasini to‘xtatib, afroamerikalikni otib o‘ldirgan edi. Ushbu voqea qora tanlilarning noroziligiga sabab bo‘ldi.
Izoh (0)