Italiyaning “Milan” futbol klubi rahbari Silvio Berluskoni jamoa Xitoy konsorsiumiga sotilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Berluskoni yuragida o‘tkazilgan operatsiyadan keyin shifoxonadan chiqqach jurnalistlarga ma’lum qildi, deb xabar beradi “Vedomosti”.
Fininvest kompaniyasi orqali “Milan”ga egalik qiladigan Berluskoni may oyida bo‘lajak xaridorlar bilan eksklyuziv muzokaralarni boshlab yuborgan. 5-iyul, seshanba kuni esa “Milan” rahbari klubni yangi hayotga boshlaydiganlar qo‘liga topshirganini aytdi. Xaridor ikki yil davomida 400 million yevro to‘lashiga kelishib olindi.
Qayd etilishicha, agar kelishuvning narxi shunday bo‘lsa, klubning qarzlari bilan umumiy narxi 750 million yevroga teng bo‘ladi. Forbes “Milan” klubini 775 million dollarga baholagan. Tomonlar kelishuvning so‘nggi shartlarini muhokama qilmoqda.
Xitoyliklar bilan dastlabki bitim kelasi haftada, 15-iyulgacha tuzilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)