Tayvandagi Sinbey shaharchasida joylashgan qariyalar uyida 6-iyul, chorshanba kuni yong‘in kelib chiqishi oqibatida kamida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Yong‘in ertalab 8-qavatda boshlandi. Natijada muassasaning 40 foiz bemorlari va xodimlari yonayotgan binoda qamalib qoldi. Qayd etilishicha, ayni vaqtda yong‘in bartaraf etilgan. 30 nafarga yaqin kishi shifoxonaga yotqizildi. Ulardan to‘rt nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.
Rasmiylar voqea sabablarini o‘rganyapti.
Izoh (0)