Tojikiston sharqida 1-iyul, juma kuni yuz bergan zilzila oqibatida 30 dan ortiq uy va maktablar vayron bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Tojikiston hukumati huzuridagi geofizika xizmatining ma’lum qilishicha, zilzila epitsentri Dushanbedan 147 kilometr shimoli-sharqda, G‘arm tumanidan 15 kilometr janubi-sharqda joylashgan. Epitsentrda yer silkinishi 5—6 ballni, G‘armda 4 ballni, Dushanbeda esa 2 ballni tashkil etdi.
Qayd etish joiz, 1-iyul kuni Tojikistonda sodir bo‘lgan tabiiy ofat tufayli Toshkentda 2 balli yerosti silkinishi sezilgandi.
Izoh (0)