Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bugun, 5-iyul kuni Pokistonning Xayber-Paxtunxva provinsiyasida Mardan okrugida yuz bergan portlash oqibatida 11 kishi, shu jumladan, ikki nafar politsiyachi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy ARY News telekanaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Foto: CBC

Foto: CBC

Portlovchi qurilma do‘kon oldida o‘rnatib ketilgan edi. Sapyorlarning hisob-kitobiga ko‘ra, bomba 600 gramm portlovchi moddadan tashkil topgan. Barcha jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilgan, ularning ahvoli haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Huquq-tartibot organlari portlovchi qurilmani o‘rnatib ketgan jangarilarni qo‘lga olish operatsiyasini o‘tkazmoqda.

Xayber-Paxtunxva provinsiyasi Pokistonning shimoli-sharqida, Afg‘oniston bilan chegarasida joylashgan. Uning hududida Afg‘onistonning “Tolibon” jangarilar guruhi harakat qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Sport
Lionel Messi Ronalduning rekordini yangiladi
Mahalliy
Qarshidagi kafelarning birida yong‘in sodir bo‘ldi