Ispaniya arbitraj sudi “Barselona” klubi Kan Rigalt tumanida 25 gektar yer bo‘yicha amalga oshirgan savdo-sotig‘ini noqonuniy deb topdi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda.
Kelishuv 2005-yilda, “Barselona”ning o‘sha vaqtdagi prezidenti Jaon Laporta davrida Inmobiliaria Mar rieltorlik kompaniyasi bilan amalga oshirilgandi. Ammo sud unda qonunbuzarlikni aniqladi.
Agar sud qarori o‘zgarmasa, “Barselona” noqonuniy savdo-sotiqdan olingan 35,4 million yevroni shahar g‘aznasiga qaytarishi kerak bo‘ladi. Soliq va jarimalarni hisobga olganda, umumiy qiymat 47 million yevroni tashkil etdi.
Avvalroq Madridning “Real” klubi noqununiy ravishda yer savdo-sotig‘ini amalga oshirgani uchun Madrid g‘aznasiga 18,2 million yevro qaytarishi kerakligi haqida xabar qilingandi.
Izoh (0)