O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi iqtidorli sportchilarni saralab olish va paralimpiya dzyudo sportini yanada ommaviylashtirish maqsadida joriy yilning 2-iyul kuni Toshkent shahridagi Paralimpiya markazida respublikaning barcha viloyatlari paralimpiya sportchilari o‘rtasida dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionatini o‘tkazdi. Bu haqda assotsiatsiya matbuot xizmati “Daryo” nashriga xabar berdi.
Musobaqada o‘g‘il bolalar -60 kg, -66 kg, -73 kg, -81 kg, -90 kg, -100 kg va +100 kg vazn toifasida, qiz bolalar -48kg, -52 kg, -56 kg, -63 kg, -70 kg, +78 kg vazn toifasida sovrinli o‘rinlar uchun kuch sinashdi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni Toshkent viloyati, 2-o‘rinni Surxondaryo viloyati, 3-o‘rinni Toshkent shahri egalladi.
Izoh (0)