Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sport kiyimlarini ishlab chiqaruvchi Italiyaning Errea kompaniyasi Yevro–2016 turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan Islandiya terma jamoasining futbolkalariga ortib borayotgan talab sababli muammolarga duch keldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Kompaniya vakili Fabritsio Taddeining aytishicha, Islandiya termasining futbolkalariga bo‘lgan talab jamoaning nimchorak finalda Angliyani 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng ayniqsa oshdi.

Eng ko‘p futbolkalar Shotlandiyada sotib olinmoqda. Ushbu mamlakat vakillari odatga ko‘ra Angliya termasiga qarshi muxlislik qiladi. Umuman olganda, butun Yevropa bo‘ylab talab oshgan.Ma’lumot uchun, Islandiya terma jamoasi chorak final uchrashuvini ertaga, 3-iyul kuni Fransiyaga qarshi o‘tkazadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kaxovka GESga hujum: uni qayta tiklash qanchaga tushadi va bu nega Ukraina uchun muhim?
Tojikiston
Deportatsiya o‘rniga urushga: Rossiya rasmiylari Tojikiston fuqarosini majburan frontga jo‘natmoqchi
Mahalliy
Toshkentda avtobus va Cobalt ishtirokidagi YTHning sababi ma’lum bo‘ldi