Shu yilning 25, 27 va 28-iyun kunlari “Umra – 2016” Ramazon mavsumining ishchi guruhi a’zolari, oshpazlar, shifokorlar, guruh rahbarlari va ziyoratchilardan iborat 672 nafar o‘zbekistonlik Umra arkonlarini bajarish maqsadida Saudiya Arabistoniga jo‘natildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Jidda shahri aeroportida ularni kutib olishda ishchi guruhi a’zolari va hamkor hisoblangan “al-Hidoya” shirkati vakillari xizmatda bo‘ldi. “Al-Hidoya” shirkati tomonidan Makkai Mukarramada “Masjid al-Harom”dan 600 metr uzoqlikda joylashgan 4 yulduzli “Abroj al-Kisva” va Madinai Munavvarada Harami nabaviydan 150 metr uzoqlikda joylashgan “Safva Mavadda” mehmonxonalarida o‘zbekistonlik ziyoratchilarga yuqori saviyada xizmat ko‘rsatilmoqda.Shuningdek, ularni Jidda aeroportidan Madina shahriga olib borish, Madina shahridagi qadamjolariga olib chiqish, undan Makka shahriga tashish va u yerdagi ziyoratgohlarga olib chiqishda zamonaviy shinam avtobuslarda xizmat ko‘rsatilmoqda.
Izoh (0)