“Barselona” prezidenti Xosep Mariya Bartomeu kataloniyaliklar darvozabonlari Klaudio Bravo va Mark-Andre ter Shtegen jamoada qolishi hamda Lionel Messi va Xavyer Maskeranoning shartnomalari uzaytirilishi haqida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Sports.ru”.
“Barchamiz Messini yaxshi bilamiz. U doim g‘alaba qozonishni istaydi. U muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Argentina termasidagi faoliyatini tugatishga qaror qildi. Bu juda shaxsiy masala. Lionel ‘Barselona’ga tegishli. U klubda o‘zi istagan vaqtgacha qolishi mumkin. Albatta, Messi shartnomasini uzaytiradi”, – dedi Bartomeu.
“Klaudio Bravo va ter Shtegen hech qayerga ketmaydi. Har ikkalasi darvozada yaxshi turadi. Bu har qanday murabbiy uchun yoqimli bosh og‘rig‘i. Maskerano ham qoladi”, – deya qo‘shimcha qildi “Barselona” rahbari.
“Chempionat”ning xabar qilishicha, argentinalik 29 yoshli futbolchining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2018-yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, klub rahbariyati uni 2022-yilgacha uzaytirmoqchi.
Izoh (0)