Yevropa Ittifoqi Istanbuldagi terakt munosabati bilan Turkiyaga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerinining bayonotiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Bu Turkiyadagi yana bir fojiali terakt. Yevropa Ittifoqi Turkiya xalqini qo‘llab-quvvatlaydi. Butun qalbimiz ular bilan birga”, — dedi Mogerini.
Eslatib o‘tamiz, 28-iyun, seshanba kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Otaturk nomli xalqaro aeroportda xudkush terrorchilar amalga oshirgan portlashlar oqibatida oxirgi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 36 kishi halok bo‘lgan, 140 dan ortiq odam jabrlangan.
Turkiya bosh vaziri terakt ortida IShID terrorchilik guruhi turganligini taxmin qilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)