Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Istanbuldagi Otaturk nomli aeroportga uyushtirilgan hujum ortida IShID terrorchilik guruhi turganini taxmin qildi, deb yozadi “Interfaks” CNN’ga tayanib.
Bundan tashqari, CNN amerikalik amaldorlarga tayanib ma’lum qilishicha, aeroportga hujumda IShIDning o‘ziga xos belgilari kuzatilgan.
Eslatib o‘tamiz, 28-iyun, seshanba kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Otaturk nomli xalqaro aeroportda xudkush terrorchilar amalga oshirgan portlashlar oqibatida 50 ga yaqin kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq odam jabrlandi.
Izoh (0)