Yaponiyaning Toyota avtomobil ishlab chiqaruvchi korporatsiyasi butun dunyo bo‘ylab 1,43 million avtomobilni chaqirtirib olmoqda. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.
Gap, xususan, Prius va Lexus modellari haqida bormoqda. Yaponiyada 743 ming, Shimoliy Amerikada 495 ming, Yevropada esa 141 ming avtomobil chaqirtirib olinishi kutilmoqda.
Chaqirtirib olinayotgan mashinalarda xavfsizlik yostiqchalarining o‘z-o‘zidan ishib ketishi va shu orqali haydovchi va yo‘lovchilarning sog‘lig‘iga xavf solishi mumkinligi uchun shunday qarorga kelindi.
Izoh (0)