28-iyun, seshanba kuni Kurdiston ishchi partiyasi (KIP) a’zolari tomonidan Diyorbakir viloyatida qilingan hujumlar oqibatida Turkiya armiyasining ikki nafar a’zosi halok bo‘ldi, uch nafari yaralandi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Turkiyada terrorchilik guruhi deb tan olingan KIP a’zolarining Lije tumaniga qilgan hujumi oqibatida to‘rt nafar harbiy yaralandi. Keyinroq ulardan biri shifoxonada jon berdi.
Yana bir turkiyalik harbiy KIP a’zolari tomonidan Bismil tumanidagi uyi oldida otib o‘ldirildi.
Izoh (0)