Latviya adliya vaziri Dzintars Rasnachs vazirlik transportidan shaxsiy javonini tashishda foydalanish orqali kasbiy axloq qoidalarini buzganligini tan oldi va o‘z xatti-harakatlari bilan kimgadir zarar yetkazgan bo‘lsa, barchasidan uzr so‘radi, deb yozadi “Interfaks”.
“Mening xatti-harakatlarim noprofessional bo‘ldi, buning uchun yana bir marta omma oldida uzr so‘rayman. Bu shoshilinch tartibdagi alohida vaziyat edi, buni ishga tezroq qaytish mumkin bo‘lishi uchun qildim”, — dedi u.
Avvalroq Rasnachsning xatti-harakatlarini Latviya bosh vaziri Maris Kuchinskis nomaqbul deb atagan, u shaxsiy ehtiyojlari uchun xizmat transportidan foydalanib, davlat boshqaruvining boshqa ishchilariga yomon namuna ko‘rsatganini aytgan edi.
Nashr eslatishicha, 30-mart kuni Rasnachs yangi xonadonga ko‘chayotib, adliya vazirligi mikroavtobusida o‘z javonini tashigan edi. Benzin uchun u haydovchiga 20 yevro bergan.
Izoh (0)