Shu yilning 5-sentabr — 2-oktabr kunlari Hindistonda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston U-16 termasi Minsk shahridagi yig‘ini doirasida 27-iyun kuni Belarus o‘smirlar terma jamoasiga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.
Temur Olimxo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston U-16 terma jamoasi ushbu o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Qayd etish joiz, 25-iyun kuni O‘zbekiston hamda Belarus o‘smirlar terma jamoalari o‘rtasidagi dastlabki o‘yinda Temur Olimxo‘jayev shogirdlari 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatining final bosqichiga tashlangan qur’a natijasiga ko‘ra KXDR, Tailand hamda Yaman jamoalari bilan bir guruhdan o‘rin olgan.
Temur Olimxo‘jayev shogirdlari turnirni 17-sentabr kuni Tailandga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. 20-sentabr kuni Yaman, 23-sentabr kuni esa KXDRga qarshi maydonga tushadi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
27-iyun, dushanba
Belarus U-16 – O‘zbekiston U-16 1:2
O‘zbekiston gollari: A. Sobirjonov, A. Mo‘ydinovO‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi tarkibi: X. Jo‘rayev, M. Namozov, I. Xoldorov, A. Mo‘ydinov, M. Abdullayev, O. O‘runov, G. Azizxo‘jayev, D. Abdumannopov, A. Sobirjonov, R. Yo‘ldoshev, Sh. Ne’matov.
Izoh (0)