Rossiya futbol ittifoqi mamlakat terma jamoasiga yangi bosh murabbiy izlashni boshladi. Bu haqda, “TASS” agentligiga tayanib, TJournal xabar bermoqda.
“Yangi bosh murabbiy izlashni bugundan boshlaymiz. Terma jamoa amaldagi bosh murabbiyga ega bo‘lganida bunday masalalar hech kim bilan muhokama qilinmaydi. Hamma istagan narsasini yozishi mumkin, sport olami kichik. Agar muzokaralar olib borganimizda, bu haqda ma’lum bo‘lardi. Slutskiy o‘z xatosini qaytarmaslik uchun tajribasi bilan bo‘lishishga tayyor”, — dedi Rossiya Sport vaziri Vitaliy Mutko.
Avvalroq Leonid Slutskiy Rossiya termasi Yevro–2016 turnirida muvaffaqiyatsiz ishtirok etsa, jamoani tark etishini bir necha bor ta’kidlagandi. Rossiya Yevropa chempionati guruh bosqichida atigi bir ochko to‘plab, keyingi bosqichga chiqa olmadi.Eslatib o‘tamiz, Vitaliy Mutko Slutskiyning Rossiya termasidagi kelajagi shu kunlarda hal bo‘lishini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)