24-iyun, juma kuni odessalik ayol bir yo‘la besh egiz – uch o‘g‘il va ikki qizni dunyoga keltirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ayolning homilasi 8 haftalik bo‘lganida, ultratovush orqali qilingan birinchi tekshiruvning o‘zidayoq u besh farzandni kutayotgani ma’lum bo‘lgandi.
Ayol homilasi davomida doimiy ravishda individual kuzatuv ostida bo‘lgan. Ona va bolalarning hayotini saqlab qolish uchun homilaning 30-haftasida kesarcha kesish yo‘li orqali bolalar dunyoga keltirildi.
Odessalik ona dunyoga keltirgan o‘g‘il bolalarning og‘irligi 1810, 1190 va 1720 grammni, qizlarning og‘irligi esa 1450 va 1250 grammni tashkil etdi.
Izoh (0)