KXDR BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan mamlakatda ballistik raketalar uchirilishini qoralagan bayonotni to‘liq rad etadi. Bu haqda KXDR Tashqi ishlar vazirligi vakili “Nodon sinmun” gazetasida chop etilgan bayonotida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Uning ta’kidlashicha, Koreya Mehnat partiyasining AQSh va boshqa dushman kuchlari tomonidan tahdid yuzaga kelayotgan sharoitda mamlakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yadroviy kuchlarni mustahkamlash va iqtisodiyotni parallel rivojlantirish tizimiga muvofiq joriy haftada “Xvason-10” raketalari uchirilgan.
Diplomat Koreya yarim orolidagi keskinlikning ortishi uchun javobgarlikni Vashingtonga yuklab, BMT Xavfsizlik kengashining bayonotini ikkiyuzlamachi siyosatning xolislikdan mahrum mahsuli deb atadi. U, toki AQSh KXDRga sanksiyalar va yadro tahdidi yordamida bosim o‘tkazishni davom ettirar ekan, KXDR bu kabi choralarni qabul qilishda davom etishi haqida ogohlantirdi.
Izoh (0)