Siemens va Scania kompaniyalari hamkorligida Shvetsiyaning Yelve shahri yaqinidagi E16 trassasida yuk mashinalari uchun eHighway elektr liniyali yo‘l ochildi. Bu haqda CNet xabar bermoqda.
Shvetsiya mana shunday elektr liniyali yo‘lga ega bo‘lgan birinchi mamlakat nomiga da’vogarlik qiladi. Scania tomonidan ishlab chiqarilgan gibrid yuk mashinalari tramvay va trolleybuslar singari yuqorida joylashgan elektr liniyalaridan kuchlanish oladi.
Elektr liniyalariga ulangan yuk mashinalari havoga zararli moddalarni chiqarishni to‘xtatadi. Siemens kompaniyasida qayd etilishicha, bunday yo‘l bilan harakatlanish dizelga nisbatan ikki barobar samarali bo‘ladi.
Ta’kidlash kerakki, Siemens kompaniyasi Volvo bilan hamkorlikda Kaliforniyada ham eHighway elektr liniyasini barpo etishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)