“Mir boksa” promouterlik kompaniyasi rahbari va rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkinning vakili Andrey Ryabinskiy amerikalik bokschi Deontey Uaylderni sudga berib, 34,5 million dollar talab qilmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Amerikalik bokschining tomoni Povetkinni doping qabul qilganlikda ommaviy rashivda ayblagani uchun “Mir boksa” kompaniyasi sudga murojaat qildi.
“‘Mir Boksa’ kompaniyasi Aleksandr Povetkin va uning promouteri, kompaniya rahbari Andrey Ryabinskiy sha’nini himoya qilish uchun Nyu-York janubiy okrugi sudiga da’vo arizasini yo‘lladi. Da’vo arizasi bo‘yicha WBC versiyasining og‘ir vazn toifasidagi chempioni Deontey Uaylder, DiBella Entertainment kompaniyasi va uning prezidenti Lu Dibella javob beradi. Da’vo miqdori 34,5 million dollarni tashkil etadi”, – deyiladi xabarda.
Povetkin va Uaylder o‘rtasidagi jang 21-may kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi, biroq rossiyalik bokschining organizmida meldoniy qoldiqlari aniqlangani uchun jang noma’lum muddatga qoldirildi. WBC Povetkinga nisbatan tergov ishi davom etguniga qadar Deontey Ualderga o‘z titulini ixtiyoriy ravishda himoya qilish huquqini berdi. Avvalroq rossiyalik bokschining “B” doping namunasida 72 nanogramm, “A” namunasida 70 nanogramm meldoniy borligi aniqlangan edi.
Uaylder tomoni jang bekor qilingani uchun Povetkin va “Mir boksa” promouterlik kompaniyasini sudga bergani va kamida 5 million dollar miqdorida tovon pulini qo‘lga kiritishni istayotgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)