O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 24-iyun kuni Ko‘ksaroyda Mo‘g‘uliston Respublikasi Prezidenti Saxiagiyn Elbegdorj bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Prezident Islom Karimov uchrashuvda Mo‘g‘uliston Prezidentining mamlakatga tashrifi o‘zaro hamkorlikni faollashtirishga keng yo‘l ochishini ta’kidladi.
O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonda hamkorlikni rivojlantirish uchun imkoniyatlar ko‘p. Turli sohalarni o‘rganish, foydalanilmayotgan resurslarni ishga solish, istiqbolli loyihalar ishlab chiqish mamlakatlar va xalqlar manfaatiga xizmat qiladi.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Mo‘g‘uliston Prezidenti samimiy uchrashuv uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirib, ShHT sammiti yuksak saviyada tashkil etilganini qayd etdi. Mo‘g‘uliston O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
Izoh (0)