AQSh prezidenti Barak Obama Buyuk Britaniyada ishtirokchilarining ko‘pchiligi mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishi uchun ovoz bergan referendum natijalari haqida xabardor etildi. U yaqin vaqt ichida mazkur natijalarni Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron bilan muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 24-iyun, juma kuni Oq uy tomonidan tarqatilgan bayonotda ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Prezident Birlashgan Qirollik referendumidan kelib tushayotgan natijalar haqida xabardor etildi”, — deyiladi bayonot matnida.
Barcha 382 saylov uchastkasidagi byulletenlar hisob-kitobiga ko‘ra, 23-iyun, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan referendumda Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi tarafdorlari g‘alaba qozondi. Britaniyaliklaring 52 foizi (17,41 million kishi) Britaniyaning Yevroittifoqdagi a’zoligini to‘xtatishi uchun, 48 foizi (16,14 million kishi) esa bunga qarshi ovoz berdi.
Izoh (0)