AQShning Rossiyadagi sobiq elchisi Maykl Makfol Vladimir Putinni Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishi haqidagi referendum “g‘olibi” deb atadi. Bu haqda u o‘z Twitter’ida yozdi, deya xabar qiladi “RBK”.
“Brexit bo‘yicha ovoz berishdan hayratdaman! Mag‘lub bo‘lganlar: kuchli, yagona, demokratik Yevropaning foydaliligiga ishonadigan Yevroittifoq, Buyuk Britaniya, AQSh. G‘oliblar: Putin”, — deb yozdi Makfol.
Makfol, shuningdek, Putinni, Rossiya tashqi ishlar vazirligini, bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Rogozinni va Davlat dumasining xalqaro masalalar qo‘mitasi boshlig‘i Aleksey Pushkovni “buyuk g‘alaba” bilan qutladi.
Rossiya yetakchisi, Makfol fikricha, ovoz berish natijalari uchun javobgar emas, biroq ular uning Yevropadagi uzoq muddatli maqsadlariga muvofiq keladi. “Putin aybdor emas! Kemeron aybdor. Putin shunchaki g‘olib bo‘ldi”, — deya qayd etdi Makfol.
23-iyun, payshanba kuni Birlashgan Qirollikda mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a’zoligi masalasida referendum bo‘lib o‘tdi. Yevroittifoqdan chiqish uchun britaniyaliklarning qariyb 52 foizi ovoz berdi, aholining 48 foizi bunga qarshi chiqdi.
Izoh (0)