Vashington shtatining Olimpiya shahri yaqinida tirkamali uylar to‘xtash joyida noma’lum kimsa uch kishini otib o‘ldirdi, yana bir nafarini yaraladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, bir ayol va ikki erkak halok bo‘lgan. O‘q uzilishi oqibatida yaralangan yana bir erkak esa shifoxonaga yotqizildi. Uning holati barqaror. Huquq-tartibot xizmati xodimlari gumonlanuvchini hozircha qo‘lga olmadi.
So‘nggi kunlarda AQShda xavfsizlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunga Orlando shahridagi (Florida shtati) Pulse tungi klubida bo‘lib o‘tgan hujum asosiy sabab sifatida ko‘rsatilmoqda. 12-iyun kuni kelib chiqishi afg‘onistonlik bo‘lgan 29 yoshli amerikalik Omar Matin avtomat va pistoletdan o‘q uzishi natijasida 49 kishini o‘ldirdi, 53 nafari esa turli jarohatlar oldi. Ularning bir qismi og‘ir ahvolda bo‘lib turibdi. Omar Matin keyinroq politsiya tomonidan yo‘q qilindi.
Izoh (0)