Madagaskarning janubi-g‘arbida yo‘nalish avtobuslaridan biriga noma’lum shaxslar hujum qilib, 31 kishini o‘ldirdi. Bu haqda “Sinxua” agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 21-iyun, seshanba kuni sodir bo‘lgan. Avtobus salonida 32 yo‘lovchi bo‘lib, ulardan faqatgina bir nafari tirik qolgan. Biroq u jiddiy jarohatlar olgani aytilmoqda. Halok bo‘lganlar orasida 10 nafar bola ham bo‘lganligi bildirilmoqda.
Avtobusga 20 nafarga yaqin odam hujum qilgani xabar qilinmoqda. Ular o‘z qurbonlarini talon-taroj qilib, jami 2 ming dollarga yaqin pulni olgan va voqea joyidan yashiringan.
Bundan bir necha soat oldin xuddi shu jinoyatchilar harbiy mashinaga hujum qilgandi.
Izoh (0)