Kamida yetti nafar indoneziyalik dengizchi Filippin suv hududida noma’lum kimsalar tomonidan garovga olindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni damda politsiya xodimlari, harbiy xizmat vakillari va suv kemasining egasi o‘rtasida muzokaralar olib borilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, suv kemasiga Filippin janubiy qismi yaqinidagi Sulu dengizida, “Abu Sayyaf” terrorchilik guruhi harakatlanadigan joylarda hujum qilingan.
Xabar qilinishicha, o‘zini “Abu Sayyaf” jangarilari vakillari deb tanishtirgan shaxslar garovga olinganlarning qarindoshlaridan qariyb 5 million dollar miqdorida tovon puli so‘ragan.
Izoh (0)