Heritage Auctions auksion uyi shu yil 11-yanvarda 69 yoshida vafot etgan britaniyalik xonanda Devid Bouining soch tolalarini sotuvga qo‘ydi. Bu haqda “RBK” ma’lum qildi.
Lot 4 ming dollarga baholangan, savdo Beverli Xillzda 25-iyun, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Auksion uyiga Boui sochlarini madam Tyusso muzeyi xodimi taqdim etdi. U 1980-yilda qo‘shiqchining mum shakli parigini yaratish uchun Boui sochidan qirqib olgan va shu paytgacha ularni esdalik tariqasida saqlab kelgandi.
Izoh (0)