“Bankrate.com” saytining buyurtmasiga asosan Princeton Survey Research Associates International’ning o‘tkazgan so‘rovnomasi natijasiga ko‘ra, katta yoshli AQSh aholisining 28 foizi favquloddagi vaziyatlar kuni uchun pul ajratmagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilgiga nisbatan 1 foizga tushdi, ammo 2011-yilga (24 foiz) nistaban hamon yuqori bo‘lib turibdi.So‘rovnomada ishtirok etgan 18 foiz respondentning hozirgi kundagi xarajatlar darajasi saqlanib qolsa, ularning pul zaxirasi uch oydan kam bo‘lgan muddatga yetadi. Respondentlarning 28 foizida esa zaxira miqdori olti oy va undan ko‘proq muddatga yetadi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgiga nisbatan 6 foizga oshdi va so‘nggi 6 yilda eng yaxshisi bo‘ldi.
Eng yomon holat “X avlodi”da qayd etildi. 36 yoshdan 51 yoshgacha bo‘lgan amerikaliklarning 33 foizida favqulodda holatlar kuni uchun pul zaxirasi yo‘q.
Izoh (0)