Bugun, 21-iyun kuni “Tolibon” harakatining jangarilari Afg‘oniston janubida bir nechta mashina va avtobuslarni to‘xtatib, o‘nlab yo‘lovchilarni garovga oldi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Mahalliy OAVlarning ma’lum qilishicha, hodisa Hilmand viloyatining Gereshk uyezdida sodir bo‘lgan. Jangarilar tomonidan hozircha hech qanday talablar qo‘yilmadi.
May oyining oxirida toliblar Afg‘oniston shimoli-sharqida joylashgan Qunduz viloyatida ikkita holatda 250 nafardan ziyod yo‘lovchilarni garovga olgandi. Ularning aksariyati keyinroq ozod etildi, asirlarning bir qismi otib o‘ldirildi.
Ayni damda “Tolibon” qo‘lida 20 nafardan ziyod, shu jumladan, Qunduz viloyati xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari asir tutilmoqda.
Izoh (0)