Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi majlisi o‘tkazilishi munosabati bilan 2016-yilning 23–24-iyun kunlari chet el fuqarolarining kirish vizalarida qayd etilgan O‘zbekiston hududida bo‘lish muddatlari ularga bog‘liq bo‘lmagan holda tugaganda ularga nisbatan O‘zbekistonning tegishli organlari tomonidan jarima yoki boshqa choralar qo‘llanilmaydi, deb xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
O‘zbekiston aeroportlaridan xalqaro aviareyslarning kelish va ketish vaqtlaridagi ehtimoliy o‘zgarishlar hamda qo‘shni davlatlar bilan chegaralardagi ayrim o‘tish joylarida vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatilishi munosabati bilan shunday qarorga kelindi.
Izoh (0)